Yengil atletika bo‘yicha O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan murabbiy Gennadiy Arzumanov xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro turnir shiddatli bahslarga boy o‘tmoqda.
Musobaqaning ikkinchi kuni ertalabki dasturida erkaklar va ayollar o‘rtasida yadro uloqtirish va yettikurash bo‘yicha g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.
Yadro uloqtirish bo‘yicha ayollar o‘rtasida hamyurtimiz Malika Nasreddinova 15,30 ball bilan g‘alaba qozongan bo‘lsa, erkaklar orasida 14,60 ball to‘plagan atletimiz Abduazim Rahmatullayev musobaqa g‘olibiga aylandi.
Shuningdek, yettikurash bahslarida iqtidorli sportchimiz Mohigul Arziyeva 5085 ball bilan shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy egalladi.
Xalqaro turnir davom etmoqda.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA muxbiri