Futbol bo‘yicha U-23 Osiyo kubogi saralash bosqichining 1-tur uchrashuvlariga start berildi. O‘zbekiston mezbonligida o‘tayotgan mazkur saralash bosqichida O‘zbekiston Afg‘onistonni 8:1 hisobida mag‘lub etdi.
“Jar” stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuvdagi gollarga Jasurbek Jaloliddinov (dubl), Alibek Davronov, Husayn Norchayev (xet-trik), Alisher Odilov va Muhammadqodir Hamroliyevlar mualliflik qilgan bo‘lsa, mehmonlarning yagona golini Umid Musavi kiritdi.
Guruhdagi Eron va Gong Kong o‘rtasidagi bahsda forslar 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Ma’lumot o‘rnida O‘zbekiston 9 sentyabr kuni Gong Kongga qarshi bahs olib boradi. Mazkur uchrashuv “Jar” stadionida soat 19:00 da start oladi.
O‘zA