Xorvatiyada dzyudo bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Unda mamlakatimiz terma jamoasi ham ishtirok etayotir.
Chempionatning 44 kilogrammgacha vazn toifasida hamyurtimiz Laziza Haydarova uchinchi o‘rin uchun kechgan kurashda turkiyalik Begumnaz Dogruyoldan ustin keldi.
Shu tariqa Laziza jahon chempionatida jamoamiz hisobidagi dastlabki bronza medalni qo‘lga kiritdi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA