Xabaringiz bor, Qirg‘izistonning Cho‘lpon-Ota shahrida sambo bo‘yicha jahon kubogi o‘tkazilmoqda.
Musobaqaning ikkinchi kungi bahslarida erkaklar o‘rtasida jangovar sambo hamda ayollar o‘rtasida sambo bellashuvlari o‘tkazilmoqda.
Saralash bahslari natijasiga ko‘ra, Gulsevar O‘roqova, Xosiyat Masharipova, Egambergan Iskandarov, Oybek Soliyev, Sohib Hasanboyev va Islom Nosirov finalga yo‘l oldi.
Shuningdek, Lutfilla Saydamatov, Zafar Ahrorov, Farog‘at Nurmamatova, Begoyim Hayitova o‘z vazn toifasida bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, hozirgi kunga qadar sambochilarimiz 1 ta oltin, 4 ta kumush va 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA