Turkiyaning GenGroup Qazaqstan kompaniyasi ilk bor Qozog‘iston janubida Turkiston viloyatida sanoat miqyosida banan yetishtirishga kirishdi, deb xabar tarqatdi Qozog‘iston qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati.
“Turkiston viloyatida sanoat miqyosida banan yetishtirish boshlanadi. Turkiyaning GenGroup Qazaqstan kompaniyasi mintaqada 5,3 gektarlik banan daraxti ekilgan issiqxona qurdi. Qozog‘istonning iqlim sharoiti uchun maxsus banan navi yaratildi”, – deyiladi matbuot xabarnomasida.
Xabarda aytilishicha, yaqin orada issiqxona yana besh gektarga kengayadi va yiliga jami 1 ming tonna banan yetkazib beradi. Dastlabki hosil 6-8 oydan keyin olinadi.
Vazirlikning ma’lum qilishicha, loyihaning birinchi bosqichiga 4 million AQSH dollari sarflangan.