Buyuk Britaniya fuqarosi lotereyada jekpotni qo‘lga kiritdi. Endi u 30 yil davomida har oyi 10 ming funt sterling (12,8 ming dollar) olib turadi, deb xabar tarqatdi chorshanba kuni Mirror gazetasi.
“Jon Stembrij 30 yil davomida oyiga o‘n ming funt sterling to‘lanadigan jekpotni yutib oldi”, – deyiladi nashr e’lon qilgan xabarda.
Mirror ma’lumotiga ko‘ra, kasbi suvoqchi bo‘lgan 51 yoshli erkak yutuqni olgach ishdan bo‘shagan. U qolgan umrini Yevropa bo‘ylab sayohat qilishga, fotosuratlar va baliq oviga bag‘ishlashga qaror qildi. Keyinchalik yangi boyvachcha baliqchilik xo‘jaligini ochish va ko‘l bo‘yida uy qurishni rejalashtirmoqda, deb yozgan mazkur nashr.
Britaniya milliy lotereyasi tufayli har hafta 30 million funt yig‘ilib, turli jamoat loyihalariga hamda boshqa vazifalarga sarflanadi. Lotereyadagi jekpot esa 30 yil davomida har oyi 10 ming funt sterling to‘lovi hisoblanadi, deyiladi maqolada.
Bundan avval ham Buyuk Britaniyalik yana bir fuqaro Yevropa bo‘yicha o‘ynaladigan EuroMillions lotereya o‘yinida 55 million funt sterling sohibiga aylangan edi. 2022 yil iyulda esa yana bir britaniyalik EuroMillions lotereyasidan tarixdagi eng katta yutuq – 195 million funt sterlingni qo‘lga kiritdi.