Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti saytida “Elektron sigaretlar tarkibida tamaki yo‘q, biroq sog‘liq uchun zararli va xavfli” deyilgan xabar joylashtirildi.
Hisobotda tamaki istemoliga qarshi kurashda faqat Braziliya va Turkiya yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lib kelayotgandi. JSSTning 2021 yil e’lon qilgan hisobotida ular safiga Mavrikiy va Niderlandiya ham qo‘shilgani aytiladi.
JSST hisobotida aytilishicha, tadqiqotlar doirasida nafaqat mamlakatlarda chekishga qarshi kurash qonunlar asosida olib borilayotgani, balki, tamaki savdosi ko‘lami ham o‘rganilgan. Masalan, 87 foiz mamlakatlar qonunchilikda chekishga qo‘yilgan taqiqni buzganlarga jarima joriy qilgan. Biroq ularning uchdan biri ushbu qonun bajarilishiga mablag‘ ajratgan.
Yevropada chekish tufayli ko‘p o‘lim qayd etilmoqda, deyiladi JSST hisobotida. Agar profilaktika ishlari samarali olib borilganda edi, chekish tufayli kasalxonalarga saraton, yurak-qon tomir yoki respiratorli xastaliklardan shikoyat qilib keladigan odamlar soni kamayar edi, deyiladi xabarda.