Respublika bo‘yicha 72 ta binoda test sinovlari davom etmoqda

Bugun, 1 avgust sanasida ko‘plab abituriyentlarning hayotida muhim ahamiyat kasb etishi mumkin bo‘lgan Davlat Oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari boshlandi.

Test sinovlari Respublika bo‘yicha 72 ta binoda, 2 smenada o‘tkazilmoqda. 2023-2024 yilgi o‘quv yili uchun 948 ming 486 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan.

Ma’lumot uchun imtihonlar hududlardagi binolar va joylar sig‘imidan kelib chiqib 13 avgustgacha davom etadi.

Bu haqda batafsil O’zAning YouTube kanalida tanishishingiz mumkin.

Farrux Xudoyorov, Nishonboy Abduvoitov (+video)