Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi – UEFA Italiyaning “Yuventus” klubini bir yilga barcha yevrokuboklardan chetlatish bo‘yicha yakuniy qaror qabul qildi, deya xabar berdi “Championat.com” nashri.
Klub rasmiy saytiga ko‘ra, Turin klubi 20 million yevro jarima to‘lashiga qaramay, Yevropa Konferensiya ligasi-2023/2024 mavsumini ham o‘tkazib yuboradi.
Qayd etilishicha, 2022 yil dekabrda UEFA tomonidan klubning bahsli balansi bo‘yicha tekshiruv boshlangan va moliyaviy feyr-pley qoidasi buzilgani aniqlangan.
O‘tgan mavsum 62 ochko bilan “A” seriyasida 7-o‘rinni egallagan jamoa Chempionlar ligasidan quruq qolib, Yevropa ligasi yarim finaligacha borgandi. O‘sha mavsum “Yuventus” Italiya kubogida ham yarim finalga chiqqan.