FOTOREPORTAJ

Poytaxtimizning “International” mehmonxonasida maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘tayotgan nufuzli turnirning so‘nggi bosqichi boshlandi.

Bugun shaxmatning standart yo‘nalishida  9-tur o‘yini bo‘lib o‘tdi. Tur natijalariga ko‘ra, hamyurtimiz Guldona Karimova 7 ochko to‘plab, o‘z guruhida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. 9 imkoniyatdan 7 ochko jamg‘ara olgan Asrorjon Omonov, Akobirxon Saydaliyev va Akbarali Abduhakimovlar ham o‘z guruhlarida g‘olib va sovrindorlar safidan o‘rin egalladi. 13 yoshgacha bo‘lganlar guruhida mug‘ulistonlik Ganbat Tengundalay tengdoshlaridan eng ko‘p 8 ochko to‘pladi va guruh peshqadami bo‘ldi. Qiz bolalar o‘rtasidagi ushbu guruhda esa  Mudalige S M I Umandi (Shri lanka) 6 ochko bilan g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Hindistonlik Vem Malxotra (9 yosh) o‘z guruhida 7,5 ochko to‘pladi va g‘olib bo‘ldi. Qizlar orasida Ider Selmuun (Mug‘uliston) ham shuncha ochko bilan g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Ertaga Osiyo chempionatining so‘nggi kuni. Kunning birinchi yarmida maktab o‘quvchilari shaxmatning blits yo‘nalishi bo‘yicha mahoratini sinovdan o‘tkazadi. Kunning ikkinchi yarmida esa Osiyo chempionatining g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi o‘tkazilishi belgilangan.

Muhammad AMIN (surat), O‘zA