Saudiya Arabistonida kibersportning Counter-Strike: Global Offensive (CS:GO) turi bo‘yicha o‘tkazilgan Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi g‘oliblikka erishdi va jahon chempionatida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

Bu haqda Yoshlar siyosati va sport vazirligi xabar bermoqda.

Musobaqada O‘zbekiston sharafini TT.Team (Traffic Tashkent Team) jamoasi himoya qildi. Grand finalda o‘zbekistonlik kibersportchilar Mo‘g‘ulistonga qarshi bahs yuritdi.

Murosasiz bellashuvlar yakuniga ko‘ra, hamyurtlarimiz 1-o‘rinni, mo‘g‘ulistonliklar 2-o‘rinni egalladi. Chempionatda 3-o‘rin Indoneziya vakillariga nasib etdi.

 

T.Ro‘ziyev,  

O‘zA