12 iyul kuni Nyu-Yorkda BMTning yuqori darajadagi barqaror taraqqiyot bo‘yicha siyosiy forumi doirasida Tojikiston Respublikasining Dushanbeda Mintaqaviy transport diplomatiyasi markazi yaratish tashabbusi taqdim etiladigan maxsus tadbir bo‘lib o‘tadi. Bu haqda mamlakat delegatsiyasi rahbari kuni kecha Toshkentda transpot bo‘yicha bo‘lib o‘tgan davlat va xususiy sektor rahbarlari norasmiy uchrashuvida ma’lum qildi, deb yozmoqda “Xovar” agentligi.

Ta’kidlanishicha, ushbu tuzilma transport sohasida barqaror taraqqiyot maqsadlariga erishishni ta’minlash bo‘yicha reja, tadbir, dastur, loyihalarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi. Shu munosabat bilan poytaxtimizda bo‘lib o‘tgan norasmiy uchrashuv ishtirokchilari tadbirga taklif etildi. Ta’kidlash joiz, Tojikiston Respublikasi transport vazirligi tashabbusi bo‘yicha mintaqa mamlakatlari yordamida o‘zaro tashuv bo‘yicha o‘zaro hamkorlik qilish yuzasidan bitim loyihasi ishlab chiqilgan va kelishilgan. Hujjatni Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining joriy yil 14-15 sentyabr kunlari Dushanbeda bo‘lib o‘tadigan maslahat uchrashuvi doirasida imzolash rejalashtirilgan.