Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligiga chaqirtirilgan Finlyandiyaning ushbu mamlakatdagi elchisi Antti Xelanteryaga “keskin norozilik bildirildi”.

Finlyandiyaning Moskvadagi elchixonasi va Sankt-Peterburgdagi bosh konsulxonasining 9 nafar xodimi “non grat shaxs”, deya e’lon qilindi. Bu haqda bugun Rossiya TIV ma’lum qildi.

Shuningdek, Moskva 1 oktyabrdan boshlab “Finlyandiyaning Sankt-Peterburgdagi bosh konsulxonasi faoliyatiga berilgan rozilikni bekor qildi”, deyiladi bayonotda. Fin tomoniga tegishli nota taqdim etildi. Iyun oyida Finlyandiyadagi Rossiya diplomatik vakolatxonasidan to‘qqiz nafar xodim chiqarib yuborilgan edi.

O‘zA