Joriy yilning 9 iyul kuni mamlakatimizda muhim siyosiy jarayon — muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘lib o‘tadi.

“Saylov – 2023” dasturining navbatdagi sonida Prezidentlikka nomzodlarning ishonchli vakillari o‘rtasida kechgan teledebat tafsilotlari, shuningdek, muddatidan oldin ovoz berish to‘g‘risidagi axborot va nogironligi bo‘lgan shaxslarning ham saylovda faol ishtiroki xususidagi so‘nggi yangiliklarni taqdim etamiz.

Ko‘rsatuvning to‘liq shaklini O‘zAning “YouTube” kanalida ko‘rishingiz mumkin.

O‘tkir Alimov,

Iskandar Ismatov (video), O‘zA