Xitoy AQSH Prezidenti Jo Baydenning XXR Raisi Si Szinpinga nisbatan so‘nggi so‘zlariga norozilik bildirdi. Bu haqda mamlakat Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mao Nin ma’lum qildi.
Mulozim, jumladan, shunday degan:
– AQSH Prezidentining so‘zlari mas’uliyatsizlik, diplomatiya odob-axloq qoidasiga zid va ochiqcha ig‘vo. Xitoy bunga keskin norozilik bildiradi.
“Reuters” xabar qilganidek, Qo‘shma Shtatlar Prezidenti Jo Bayden Kaliforniyada saylov kampaniyasi oldidan o‘tkazilgan uchrashuvda Xitoy rahbarini “diktator”, deb atagandi.
O‘zA