Sirdaryoda “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sportning shashka turi bo‘yicha musobaqaning respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda 16-21, 22-26, 27-30 yosh toifasidagi yoshlar ishtirok etdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, 16-21 yosh toifasi bo‘yicha qizlar o‘rtasida 1-o‘rin Qashqadaryo viloyatidan Gulsanam Xushvaqtova, 2-o‘rin Qoraqalpog‘iston Respublikasidan Muxlisa Mahmudova hamda 3-o‘rin Andijon viloyatidan O‘g‘ilxon Mavlonovaga nasib qildi.
O‘g‘il bolalar o‘rtasida 1-o‘rinni Toshkent viloyatidan Sabriddin Turdiqulov, 2-o‘rinni Farg‘ona viloyatidan Ro‘zimatjon Kimsanov, 3-o‘rinni esa Andijon viloyatidan Farruhbek Kamolov egalladi.
22-26 yosh toifasi bo‘yicha qizlar orasida 1-o‘ringa Qoraqalpog‘iston Respublikasidan Dilfuza O‘razboyeva, 2-o‘ringa Qashqadaryo viloyatidan Zarina Farhodova, 3-o‘ringa esa Samarqand viloyatidan Shahlo Nurullayeva erishdi. Shu yosh toifasi bo‘yicha o‘g‘il bolalar ichida 1-o‘rin Sirdaryo viloyatidan Sherzod Mamadaliyev, 2-o‘rin Xorazm viloyatidan Bahodir Ro‘zimov hamda 3-o‘rin Surxondaryo viloyatidan Eralijon Toshboyevga nasib qildi.
27-30 yosh toifasi bo‘yicha qizlar o‘rtasida 1-o‘ringa Sirdaryo viloyatidan Munira Mavlonova, 2-o‘ringa Andijon viloyatidan Quyoshxon Umarova, 3-o‘ringa Samarqand viloyatidan Sitora Sayfiddinova sazovor bo‘ldi.
Shuningdek, 27-30 yosh toifasi bo‘yicha o‘g‘il bolalar o‘rtasida 1-o‘rinni Xorazm viloyatidan Adham Jumaniyozov, 2-o‘rinni Namangan viloyatidan Husniddin Qosimov hamda 3-o‘rinni Qoraqalpog‘iston Respublikasidan Tursunboy Rahimov qo‘lga kiritdi.
G‘oliblar munosib taqdirlandi.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA