XXR va AQSH nizosi dunyo uchun “ulkan halokat”ga aylanishi mumkin, dedi Xitoy mudofaa vaziri Li Shanfu har yili bo‘lib o‘tadigan “Shangri-La muloqoti” sammitida so‘zga chiqib.
Uning so‘zlarini “Reuters” agentligi quyidagicha keltiradi: “Xitoy va AQSH o‘rtasida yuz berishi mumkin bo‘lgan jiddiy mojaro yoki qarama-qarshilik dunyo uchun ulkan falokatga aylanishini inkor qilib bo‘lmaydi”.
Li ta’kidlashicha, Xitoy AQSH bilan qarama-qarshilikni emas, aksincha muloqotni ma’qul ko‘radi, garchi, ikki mamlakat ko‘p jihatdan farqlansa-da. “Binobarin, bu holat ikki tomon uchun ham o‘zaro aloqani rivojlantirish va hamkorlikni chuqurlashtirishda umumiy manfaatli nuqtalarni topishga halaqit bermaydi”, – deydi u. Vazirning qo‘shimcha qilishicha, Xitoy va AQSH birgalikda rivojlanishi uchun dunyo yetarli darajada keng.