AQSH Prezidentining Milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan “CNN” telekanaliga ma’lum qilishicha, Xitoy bilan mojaro yoki sovuq urush muqarrar emas. Uning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar va Xitoy “raqobat to‘qnashuvga aylanib ketishining oldini olishga” intilmoqda.
“Asosiy sabab shundaki, biz shiddatli raqobat bilan bir qatorda qizg‘in diplomatiyani ham qo‘llab-quvvatlaymiz”, degan Sallivan 10-11 may kunlari XXR Kompartiyasi siyosiy byurosi a’zosi, Markaziy qo‘mita Tashqi ishlar komissiyasi devonxonasi rahbari Van I bilan uchrashuvini eslatib. “Umid qilamizki, bunday uchrashuvlar davom etadi va AQSHning yuqori martabali mulozimlari xitoylik hamkasblari bilan muloqot qiladi, dedi u.
“Ishonchim komilki, AQSH va XXR o‘rtasida mojaro yoki sovuq urush kelib chiqishi muqarrarligi haqida gapirishning hojati yo‘q”, deya qo‘shicha qildi Sallivan.