Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi o‘tdi.
Tanlov yakunida Xo‘jayli tumanidagi Z-umumta’lim maktabi jamoasi birinchi o‘rinni egalladi. Nukus shahridagi 27-umumta’lim maktabi ikkinchi, Kegeyli tumanidagi 55-umumta’lim maktabi uchinchi o‘rinlarni qo‘lga kiritdi.
Sovrinli o‘rin egalariga diplom, 250, 200 va 150 million so‘m pul mukofoti topshirilib, birinchi o‘rin sohibi – Xo‘jayli tumanidagi Z-umumta’lim maktabi jamoasi tanlovning mamlakat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Dovud ABIBULLAEV,
O‘zA muxbiri