Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi o‘tdi.

Tanlov yakunida Xo‘jayli tumanidagi Z-umumta’lim maktabi  jamoasi birinchi o‘rinni egalladi. Nukus  shahridagi 27-umumta’lim  maktabi  ikkinchi, Kegeyli  tumanidagi 55-umumta’lim maktabi uchinchi o‘rinlarni qo‘lga kiritdi.

Sovrinli o‘rin egalariga diplom, 250, 200 va 150 million so‘m pul mukofoti topshirilib, birinchi o‘rin sohibi – Xo‘jayli tumanidagi Z-umumta’lim maktabi jamoasi tanlovning mamlakat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Dovud ABIBULLAEV,  

O‘zA muxbiri