Bugun, 18 may kuni Buyuk Britaniya Bosh vaziri Rishi Sunak va uning yaponiyalik hamkasbi Fumio Kisida ikki davlat o‘rtasida strategik hamkorlik shartnomasini imzolaydi. Britaniya hukumati matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Xirosima kelishuvi, deb nomlangan hujjat mudofaa, savdo, ilmiy-texnikaviy hamkorlikni kuchaytirishni nazarda tutadi.
“Kisida va men Hind-Tinch okeanida tinchlik va xavfsizlikni hamda qadriyatlarimizni, shu jumladan, erkin va adolatli savdoni himoya qilish muhimligi haqida juda o‘xshash qarashlarga egamiz.
Xirosima kelishuvi qurolli kuchlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirishga, iqtisodiyotimizni yuksaltirishga, jahon andozalari darajasidagi ilmiy va texnologik bilimlarimizni birgalikda ko‘tarishga qaratilgan”, deb qo‘shimcha qildi u.
Hujjat mudofaa sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash qo‘shma mashg‘ulotlarni faollashtirishni o‘z ichiga oladi, unda ikki baravardan ko‘proq Britaniya qo‘shinlari ishtirok etishi kutiladi.
Shartnoma Buyuk Britaniya va Yaponiyaga iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish uchun yangi yarimo‘tkazgich texnologiyalari va yashil yechimlarni ishlab chiqish va shunga oid qo‘shimcha dastur tayyorlash imkonini beradi.
O‘zA