Kecha Turkiyada bo‘lib o‘tgan prezident saylovida bir milliondan ortiq byulleten haqiqiy emas, deb topilgan. Saylov komissiyasi yuz foiz byulletenni ko‘rib chiqqandan keyin shunday xulosani e’lon qildi.

Barcha byulletenlar hisoblab chiqilgach, davlatning amaldagi rahbari Rejep Tayyip Erdog‘an 49,24 foiz ovoz olgani ma’lum bo‘lgan, ovoz beruvchilarning  45,06 foizi uning raqibi Kamol Qilichdoro‘g‘li nomzodini qo‘llab-quvvatlagan. Katta ehtimol bilan mamlakatning yangi prezidentini saylovning 28 may kuni bo‘ladigan ikkinchi turi aniqlab beradi.