Bugun Bryusselda Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan va Yevropa Ittifoqi kengashi raisi Sharl Mishel o‘rtasida uchrashuv o‘tkaziladi.
“APA” agentligi ma’lumotiga ko‘ra, ertalab Mishel va Aliyev uchrashuvi rejalangan, kecha Mishel va Pashinyan ko‘rishgan.
Uch tomonlama muzokara Janubiy Kavkazda barqarorlikni ta’minlash, Ozarbayjon va Armaniston munosabatini muvofiqlashtirishga qaratilgan sa’y-harakat doirasida tashkil etilgan.
Xabarda aytilishicha, 1 iyun kuni Kishinyovda Yevropa siyosiy hamjamiyati sammiti doirasida Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron va Germaniya kansleri Olaf Shols ishtirokida Ozarbayjon-Armaniston yetakchilari uchrashuvi rejalangan.