Amerikalik milliarder Ilon Mask o‘tgan yili kuzda sotib olgan Twitter ijtimoiy tarmog‘i uchun yangi bosh direktor topganini ma’lum qildi.

“X/Twitter uchun yangi bosh direktor topganimdan xursandman. U taxminan olti haftadan keyin ishga tushadi”, – deb yozgan Mask o‘zining ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.  

Hozirda Twitter rahbarligini Maskning o‘zi bajarib kelmoqda.

Twitter Inc. 2006 yilda tashkil etilgan. Kompaniyaning ishlab chiqaradigan asosiy mahsuloti qisqa xabarlar almashishga mo‘ljallangan ijtimoiy tarmoq hisoblanadi. Mask 2022 kuzda 44 milliard dollarlik xaridni nihoyasiga yetkazgan edi.

Kompaniyaning bosh qarorgohi Neva shtatida joylashgan.