Toshkent xalqaro aeroportida Germaniyaning turizm sohasidagi yetakchi uyushmasi – DRV vakillarini tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tashrif davomida 70 ta yirik sayyohlik operatorlari vakillaridan iborat delegatsiya yurtimizning diqqatga sazovor maskanlariga tashrif buyurib, Qoraqalpog‘iston Republikasi, Xorazm, Buxoro, Samarqand, Qashqadaryo, Jizzax, Farg‘ona viloyatlari va Toshkent shahrining madaniy meros ob’ektlari va yaqinda tashkil etilgan sayyohlik ob’ektlari bilan tanishadi.
Tashrif yakuni bo‘yicha 16 may kuni Germaniya va O‘zbekistonning sayyohlik sohasidagi tadbirkorlari ishtirokida «Destination Forum» anjumani va B2B uchrashuvlari tashkil etiladi. Anjuman doirasida Germaniyaning yetakchi sayyohlik agentliklari va turistik operatorlari uchun O‘zbekistonni yevropaliklar uchun mashhur sayyohlik yo‘nalishi sifatida tanishtirishga qaratilgan taqdimotlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan, deb xabar beradi Madaniyat va turizm vazirligi matbuot xizmati.
N.Usmonova, O‘zA