FOTOREPORTAJ

Yosh avlodni bani bashar mulki bo‘lgan san’atga oshno etish, o‘g‘il-qizlarimizda milliy-madaniy qadriyatlarimizga hurmat va sadoqat hissini kuchaytirish, shu orqali har tomonlama komil insonlarni tarbiyalash chora-tadbirlari 5 ta muhim tashabbus doirasida yanada keng qamrov kasb etmoqda. Yurtimizning olis hududlaridan biri sanalgan Mo‘ynoq tumanida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi va Madaniyat vazirligi hamkorligida  tashkil etilgan tadbir zamirida ham aynan shu maqsad mujassamdir.

Madaniyat sohasi  vakillari va o‘quvchi-yoshlar ishtirok etgan tadbirda mo‘ynoqlik iqtidorli ijodkorlar Erkinboy Nametov va Anvar Sayimbetovning rang-tasvir hamda haykaltaroshlik  asarlari ko‘rgazmasi namoyish qilindi. Yosh iste’dod egalarining an’anaviy va folklor yo‘nalishidagi qo‘shiqlari, kuy va raqslar barchaga birdek xushnudlik bag‘ishladi. Shundan so‘ng tadbir ishtirokchilari tumandagi Orol tarixi muzeyi va “Kemalar qabristoni”ga sayohat qildi.

 

Maqsad HABIBULLAEV(surat),O‘zA