O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston sportchilarini 2024 yil Fransiyaning Parij shahrida bo‘lib o‘tadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya o‘yinlariga tayyorlash to‘g‘risida»gi hamda «Gimnastika sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida badiiy gimnastika bo‘yicha jahon kubogini yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazish vazifasi yuklangan.

Bugun poytaxtimiz Toshkentda badiiy gimnastika bo‘yicha Jahon kubogi bosqichi start oldi. 16 aprelga qadar davom etadigan musobaqada 31 mamlakatdan tashrif buyurgan sportchilar g‘oliblik uchun bahs olib boradi. Musobaqa dasturiga ko‘ra, bugun halqa va to‘p bilan mashqlar bo‘yicha saralash bahslari bo‘lib o‘tadi.

Jahon kubogi bahslarida mamlakatimiz sharafini Taxmina Ikromova hamda Yosmina Rahimova yakkalik, Yekaterina Fetisova, Ruxshona Dehqonova, Shahzoda Ibragimova, Nargiza Jumaniyozova, Mumtoza Is’hoqzoda, Irodaxon Sodiqova guruh mashqida yurtimiz sharafini himoya qiladi.

N.Rahmonova, O‘zA