![](https://cdn.uza.uz/2023/04/04/07/43/zIv4eIfTfcnL4baGSxOXcLlcqpiHk6dv_front.jpg)
Bilim va malakalarni baholash agentligi matbuot xizmati tomonidan ma’lum qilinishicha, joriy yil 2 aprel kuni barcha hududlarda kimyo va fizika fanlaridan milliy sertifikat uchun test sinovlar bo‘lib o‘tdi.
![](https://cdn.uza.uz/2023/04/04/07/43/aS2lXbktsd6RHfAiHeXv0iXqby84CHef_front.jpg)
Imtihonlar o‘zbek, rus va qoraqalpoq tillarida tashkil etilib, unda 2 ming 64 nafar talabgor ishtirok etdi. 10 nafar talabgor esa tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatildi.
Test sinovi natijalari yigirma ish kuni ichida e’lon qilinadi va eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan talabgorlarga elektron sertifikat taqdim etiladi.
![](https://cdn.uza.uz/2023/04/04/07/43/QmtQP3MpkDHaenouv8IYg1WYZOn14C5H_front.jpg)
Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarga kirishda mutaxassislik fani bo‘yicha 60 foizdan 86 foizgacha — maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball hamda 86 foiz va undan yuqori — maksimal ball beriladi.
O‘zA