Prezident raisligida muhandislik kadrlarini tayyorlash tizimidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Yig‘ilishda oliygohlarda ilmiy faoliyatni yangi bosqichga olib chiqish lozimligi ta’kidlandi. 

So‘nggi to‘rt yilda oliygohlarning ilmiy-tadqiqot uchun tuzgan shartnomalari uch karra ko‘paydi. Ulardan daromad 6 karra oshgan.

Lekin, ayrim oliygohlardagi ilmiy ishlanmalar natijalarini ishlab chiqarishga joriy etish juda past. Ixtirolarini patentlashda ham hamma birdek emas.

Kooperatsiya yarmarkalarida oliygohlarning aksariyati faqat sotib oluvchi bo‘lib ishtirok etayotgani, daromadni xorijiy loyihalar hisobiga ham oshirish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

O‘zA