Bilim va malakalarni baholash agentligi matbuot xizmati tomonidan ma’lum qilinishicha, joriy yil 2 aprel kuni barcha hududlarda kimyo va fizika fanlaridan milliy sertifikat uchun test sinovlar bo‘lib o‘tdi.

Imtihonlar o‘zbek, rus va qoraqalpoq tillarida tashkil etilib, unda 2  ming 64 nafar talabgor ishtirok etdi. 10 nafar talabgor esa tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatildi.

Test sinovi natijalari yigirma ish kuni ichida e’lon qilinadi va eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan talabgorlarga elektron sertifikat taqdim etiladi.

Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarga kirishda mutaxassislik fani bo‘yicha  60 foizdan 86 foizgacha — maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball hamda  86 foiz va undan yuqori — maksimal ball beriladi.

O‘zA