Prezident endilikda oliygohlarning tajriba ishlab chiqarish korxonalari maqomi qonun bilan mustahkamlanishini aytdi. Ularga IT-park rezidentlariga qo‘llanilayotgan imtiyozlar beriladi.

Sho‘’ba korxonasi ishchilarining kamida 60 foizi doktorant va talabalardan iborat bo‘ladi. 

Kelgusi yildan texnika yo‘nalishidagi loyihalarga davlat grantlari 4 karra oshiriladi.

Korxonaga oliygoh bilan hamkor tashkilot ham ta’sischi bo‘lishiga ruxsat beriladi. Viloyat hokimlari va tarmoq rahbari ilmiy va ishlab chiqarish loyihalari uchun oliygohlarga 10 milliard so‘mgacha buyurtmani to‘g‘ridan-to‘g‘ri berishi mumkin bo‘ladi.

Investitsiya loyihalari qiymatining kamida yarim foizini ilmiy ishlarga ajratish tizimi joriy qilinadi.

O‘zA