Prezident raisligida muhandislik kadrlarini tayyorlash tizimidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Davlatimiz rahbari olimlar, texnik yo‘nalishdagi oliygoh kafedra mudirlari, o‘quv va ilmiy markazlar rahbarlari bilan muloqot qildi. Muloqot chog‘ida bildirilgan fikr va takliflarni chuqur o‘rganib, amaliyotga joriy etish yuzasidan mutasaddilarga qator topshiriqlar berdi. 

– Bugungi ko‘tarilgan masalalar, berilgan takliflar ertangi kunimiz uchun, iqtisodiyotimiz uchun juda muhim, – dedi davlatimiz rahbari yig‘ilish yakunida.

Iqtisodiyotimiz jadal o‘sishini ta’minlashda bizga yuqori malakali muhandis-texnologlar suv bilan havodek zarur ekani ta’kidlandi. Har bir vazir, tarmoq rahbari, rektor va professor-o‘qituvchi mas’uliyatni chuqur his qilib, qattiq ishlasa, izlansa, bu vazifani albatta uddalashiga ishonch bildirildi.

Yig‘ilish davomida tarmoq va hududlar rahbarlarining axboroti tinglandi.

O‘zA