O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasining tuman va shaharlarida istiqomat qilayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj 10 ta oilaning kommunal to‘lovlar bo‘yicha 2 million 731 ming so‘m qarzlari to‘lab berildi. Bu 15 mart — «Xalqaro iste’molchilar huquqlari kuni» arafasida «Insonga e’tibor – oila va jamiyat rivoji poydevori» xayriya aksiyasi doirasida amalga oshirildi. Shuningdek, barcha ehtiyojmand oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari ham yetkazildi.
Loyiha doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi iste’molchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasi mas’ullari Xo‘jayli tumani «Parvoz» mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan Qaljan Erlepesova xonadonida bo‘lib, iste’molchining elektr energiyasidan yuzaga kelgan 400 ming so‘m qarzi xizmat ko‘rsatuvchi korxona hisob raqamiga to‘lab berildi.
O‘zA