Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qonliko‘l tumani bo‘limi tomonidan Ichki ishlar bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tekshiruvda qo‘lbola usulda tayyorlangan alkogol mahsulotlarining muomalaga kiritilishining oldi olindi.
Jumladan, fuqarolar A.K. va F.D. o‘z uylarida qalbaki aksiz markali, jami 364 dona qo‘lbola usulda tayyorlangan “Qoratov” alkogol mahsulotini sotish maqsadida saqlab kelayotgani aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olindi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakati o‘tkazilmoqda.
Dovud ABIBULLAEV,
O‘zA