Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov respublikaning barcha sobiq rahbarlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazganini ma’lum qildi. Uchrashuvda ishtirokchilar mamlakat aholisini jipslashtirish masalasini muhokama qilishgan.

“Men sobiq prezidentlarni bir davrada to‘pladim”, deb yozdi Japarov ijtimoiy tarmoqlardagi o‘z  sahifasida.

Ammo davlat rahbari bu uchrashuv qachon va qayerda bo‘lgani haqida gapirmagan.

Japarov ta’kidlaganidek, “doim hokimiyat uchun kurash olib borish respublikaning taraqqiyotiga ta’sir qilib kelmoqda va shuning uchun u Markaziy Osiyoning bir burchagida qolib ketmoqda”.

“Biz hammamiz birlashgan holda mamlakat kelajagini o‘ylashimiz kerak”, deb qo‘shimcha qilgan Japarov.

Prezident matbuot kotibi Erbol Sultonboyevning ma’lum qilishicha, uchrashuvda 2005 yildan buyon Moskvada istiqomat qilib kelayotgan Askar Akayev, 2010 yildan beri Belarusda yashab kelayotgan Kurmanbek Bakiyev, shuningdek, Roza Otunboyeva, Almazbek Atambayev va Sooronbay Jeenbekovlar ishtirok etishgan.

O‘zA