Futbol bo‘yicha Osiyo kubogiga tayyorgarlik ko‘rayotgan O‘zbekiston U-17 terma jamoasi mart oyida Lotin Amerikasida tashkil etiladigan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarida qatnashishi rejalashtirilmoqda.

Mazkur yig‘in davomida mamlakatimizning yosh futbolchilar jamoasi Urugvay va Argentina o‘smirlar terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlarida qatnashishi belgilangan.

O‘FA matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, O‘zbekiston U-17 terma jamoasi 4 va 6 martda Urugvay, 8-10 mart kunlari Argentina jamoasi bilan kuch sinashadi.

 

T.Ro‘ziyev, 

O‘zA