Suriyalik qutqaruvchilar Alepponing shimoli-g‘arbida endi dunyoga kelgan chaqaloqni vayronalar ostidan olib chiqishga muvaffaq bo‘ldi, biroq uning onasi halok bo‘ldi, deb yozmoqda Suriyaning El Balad axborot portali.

Xabarda keltirilishicha, ayol Jenderes qishlog‘ida zilzila tufayli qulab tushgan bino vayronalari ostida o‘g‘il chaqaloqni dunyoga keltirgan, biroq onaning o‘zi yashab qololmagan. “Yangi tug‘ilgan chaqaloq zudlik bilan kasalxonaga yetkazildi, u qutqarib qolindi”, deyiladi xabarda. 

Qutqaruvchilar yalang‘och go‘dakni vayronalar ostidan olib chiqayotgani aks etgan video tasvirlar ijtimoiy tarmoqlarda ham tarqaldi.