AQSHdagi Boeing aviasozlik kompaniyasi 2023 yilda ikki mingga yaqin xodimini qisqartirishni rejalashtirmoqda, deb yozmoqda Seattle Times gazetasi.
“Bu yil biz ikki mingga yaqin qisqartirishni amalga oshiramiz, ularning asosiy qismi moliya departamenti va kadrlar bo‘limiga tegishli bo‘ladi”, – deyiladi Boeing gazeta orqali e’lon qilgan bayonotida.
Gazetaning ma’lum qilishicha, qisqartirishga tushganlarning vazifasi Tata Consulting Services autsorsing kompaniyasiga topshiriladi.
2022 yilning oxirida Amerikaning bir qator texnologik kompaniyalari ommaviy ishdan bo‘shatishlarni boshladi. Masalan, Microsoft korporatsiyasi, Coinbase, Meta kriptobirjasi, Twitter, Amazon, Netflix va boshqa bir qancha kompaniyalar xodimlarini qisqartirishni e’lon qilgan edi.