Shonli tariximizdan ma’lumki, valiahd shahzoda, malikalaru podshohlarni nafaqat hayotga, balki mamlakatni boshqarishga tayyorlashda, umuman, millat tarbiyasida zukko, farosatli, ilmli onalarning o‘rni beqiyos bo‘lgan. Onalarga hamisha yaratuvchi sifatida qaralgan va e’zozlangan.

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili adabiyoti va folklori instituti yetakchi ilmiy xodimi, filologiya fanlari nomzodi Burobiya Rajabovadan shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning muhtasham “Boburnoma” memuarida ona, mudabbira ena, bunyodkor malikalarning tasviri haqidagi savollarimizga javob oldik.

— Suhbatimizni Zahiriddin Muhammad Boburni dunyoga keltirgan onasi Qutlug‘ Nigorxonim haqida “Boburnoma”da keltirilgan ma’lumotlar va tasvirlar haqidagi fikrlaringiz bilan boshlasak? 

—  O‘rganishimcha, Temuriylar Uyg‘onish davrida saroy ayollarida ijtimoiy faollik o‘sgan. Bunyodkorlikni o‘zlariga sharaf deb bilgan malikalarning davlat ishlaridagi faolligi himmat va ehsoni bilan belgilangan. Ular mamlakatning obodligi, farovonligi yo‘lida hamda aql va qo‘l ixtirolarining mamlakat bo‘ylab yoyilishida saxiy  mulkdorlar qatorida  pul tikib, madrasalar, masjidlar, rabotlar qurdirgan, suv chiqargan, bog‘lar barpo qilgan.

Bobur Temuriylar Renessansi davrining murakkab saroy hayotiga ham ahamiyatqaratgan. Ancha yangi gaplar aytgan.

“Boburnoma”da yozilgan muhim ma’lumotlardan biri bu – onasi haqidagi xabarlardir. Bobur onasi Qutlug‘ Nigorxonimni “Boburnoma”da o‘ndan ortiq ma’lumotlarda tilga oladi. Asarda “mening volidam”, “mening onam”, “volidam”, “volidaxonim”, “onam”, “onam xonim” kabi jumla va birikmalari bilan eng ko‘p tasvirga olgan ayol obrazi ham aslida onasidir.

Onasi Qutlug‘ Nigorxonim haqida yozilgan tarixiy ma’lumot va syujetlarning barchasi bir nuqtaga jam qilinsa, quyidagicha ma’lumot hosil bo‘ladi. “Yunusxon va Eson Davlatbegimning ikkinchi qizi, Umarshayx mirzoning xotini, Xonzodabegim va Bobur mirzoning volidasi, Sulton Mahmudxon va Sulton Ahmadxonning kamtarin egachisi. “Aksar qazoqliklarda va fataratlarda” o‘g‘li Bobur bilan birga bo‘lgan fidoyi ona, o‘rni kelganda onalari, inilariga qo‘shilishga intilgan, ammo “hech nav’ rioyate va shafqate ko‘rmagan” zaifa xonim, taxtsiz shoh o‘g‘lining yagona chodirida panoh va himoya topgan mushtipar ona, o‘z саъй­harакати bilan Boburni yaqinlarining qizlari Oysha Sultonbegim, Zaynab Sultonbegimga uylantirib, o‘g‘li qatori “сура­сура tashvishlar ko‘rgan”, “xeyli sazovorliq ko‘rmagan” qayin ona, “zamona nohamvorlig‘idin va davron nosozkorlig‘idin” behuzur bo‘lib dardlar topgan Qutlug‘ Nigorxonim. Kobulda, o‘g‘li Bobur qo‘lida “Tengri rahmatig‘a borib” tog‘ etagida temuriyzoda Ulug‘bek Kobuliy barpo qilgan bog‘ – “Bog‘i Navro‘ziy”da (Bu bog‘ning egalariga Bobur bir ming tanga misqol tanga berib rozi qilganligini Gulbadanbegim “Humoyunnoma”da yozib qoldirgan – B.R.) mangu makon topgan rahmatli ona”.

Ushbu tasvirlardan Bobur shaxsining ma’naviy fazilati, buyuk xislatining bir jihatini kuzatish mumkin. U har qanday holatda ham, beqaror zamonda ham onasiga munosib vaziyat topa bilishi, onasi shafqatlari haqqini ado qilishga intilishidir. Boburning bu o‘zgacha fazilati juda katta tarbiyaviy ahamiyatga egadir.

Bobur onasining beshik tebratibo‘tirgan holdaginurli siymosini badiiyadabiyotda taniqli adib Xayriddin Sulton 1974 yilda yozgan “Yo‘lbarsning tug‘ilishi” nomli asarida mahorat bilan tasvirlagan.

 Boburning enasi Eson Davlatbegim uni og‘ir vaziyatlardan olib chiqqan, har tomonlama himoya qilgan ayol sifatida bizga ma’lum. Mana shu zukko ayolning biz uchun ham ibrat bo‘ladigan xislatlari haqida to‘xtalib o‘ting.

—Bobur asarida “ulug‘ onam” deb o‘nlab o‘rinda qalamga olgan Eson Davlatbegim haqida juda kam uchraydigan nodir ma’lumotlar berilgan. “Ul fursatda sag‘riychabeklarning ulug‘i Sher Hojibek edi, aning qizi Eson Davlatbegimni oldi”. Demak, Eson Davlatbegimning beklarning ulug‘i oilasidan chiqishi va mo‘g‘ul xonlaridan Yunusxon nikohiga kirishi unga siyosiy­ҳуқуқий jihatdan ilg‘or muhitga kirishiga imkon bergan. “Mo‘g‘ul to‘rasi bila xonni va Eson Davlatbegimni bir oq kiyiz ustigao‘lturg‘uzub xon ko‘tardilar” degan inauguratsiya marosimibilan bog‘liq xabariesa to‘ra, qonun bilan kafolatlangan malika siymosininamoyon qiladi. Ulug‘ onaning tashkilotchi va taktik mahorati bois Bobur davlatigaqarshi kurashga otlanganXasan Yoqub boshchiligidagi dushmanlarhamlasi barbod qilinadi. Ba’zi manbaalarda ushbu fitna va uning fosh etilishi bilan bog‘liq tahlillarda negadirEson Davlatbegim nomi tilga olinmagan.

Ijtimoiy harakatchanlik, faollik Bobur hokimiyatiga xayrixohlik, kuchli individualizm kabilar faqat va faqat Eson Davlatbegimga xosdir.Shu tufayli Bobur siyosiy hayotinikuchaytirgan va boyitgan ulug‘ onasiga bo‘lgan muhabbati va hurmatini izhoretib“Xotunlar orasidara’y va tadbirda mening ulug‘onam Eson Davlatbegimcha kam bo‘lg‘ay edi. Bisyor oqila va mudabbira edi. Ko‘proq ish – kuch alarning mashvarati bila bo‘lur edi” debyozadi. Boburning bu saralangan fikrlariga monand va xayrixohfikrlar boshqa tarixiy manbalardaham uchraydi.

Bobur o‘z tasvir va ta’riflarida birор­bir хотин­қизларнинг шакл­шамойили, hashamati, kiyinishtarzi, zebu ziynati, pardozi bilan bog‘liq jihatlariga lavhalar bermaydi, vaholanki, lirikasida esa bunday tasvirlarni uchratishimiz mumkin.Bobur хотин­қизларнинг aqli, odobi, farosati, hurmat va e’tibori, latofati, mehru muhabbati, idroki masalasida qat’iy fikr bildiradi. Hatto munosiblik jihatidano‘ziga teng bo‘lgan ayolni topish Boburuchun ham oson kechmaganidan xabardor bo‘lamiz.

— Saroy malikalaridan tashqari “Boburnoma”da oddiy onalar timsoli ham aks etganmi?

— Boburni O‘ratepaning Dehkat qishlog‘idan chiqqan 111 yoshga kirgan oddiy onaxon ham hayratga solgan. “Boburnoma”dan o‘qiymiz: “Dehkat O‘ratepaning ko‘hpoya kentlaridindur, ulug‘ tog‘ning tubida tushubtur, bu tog‘din o‘tgach, Mascho bo‘lur… Men bir kalontarining uyiga tushtim, qari kishi edi, олтмish­етмishda bor edi, vale onasi hanuz boredi. Xeyli umr topqan xotun edi, yuz o‘n bir yoshta edi. Temurbek Hindustong‘a kirganda bu xotunning уруқ­қаyoшидин biri ul cherikka borib ekandur. Ul xotirida bor edi, hikoyat qilur edi”, deb bitgan lavhaga murojaat qilsak.

Bobur bu ma’lumotida o‘zining Dehkatda boshida toj, ammo mulksiz, taxtsiz qazoqlikda yurgan sarsonu sargardon kunlari haqida yozar ekan, Amir Temur haqidagi eslatmani voqea ichida voqea shaklida tilga olgan. Ya’niki, bir yuz o‘n bir yoshga kirgan keksa onaxon haqidagi o‘zining hayratomuz fikrlarini bitar ekan, uningxotiralari asosida Amir Temurning Shimoliy Hindistonga qilgan harbiy yurishi va bu yurishda bir yuz o‘n bir yoshni qarshilagan zukko onaxonning qarindoshlaridan biri oddiy askar sifatida qatnashganini alohida maroq va ko‘nglidan kechgan Hindiston saltanati, umuman, saltanat orzusi bilan yozganligini sezish mumkin. Demak, onaxon Amir Temurning Shimoliy Hindistonga uyushtirgan uzoq muddatli harbiy yurishlari haqida aytgan hayotiy hikoyasi bilan kelajakka intiluvchi, oldinni ko‘zlovchi Bobur diqqatini o‘ziga jalb qilgan.

“Boburnoma”da muallifulug‘ onasi Eson Davletbegim, Shohbegim, Xadichabegim, Zuhrabegim og‘a, Malika Bu’a obrazlari misolida saroy, davlat, ra’iyat ishlaridayuqori mavqega ega ayollarni ko‘rsatadi. Bobur bergan ma’lumotlarda bu ayollarning mulk, millat ishlariga, podshohva shahzodalar hayotiga ijobiy yoki salbiy,xayrli yo xayrsizta’sir kuchlarini ham ta’kidlab o‘tadi.

 

Nigora Rahmonova suhbatlashdi.

O‘zA