Nukusdagi voqealarda ayblangan Po‘lat Shamshetov o‘limi sabablari Mustaqil komissiya a’zolari tomonidan o‘rganiladi.

Nukus shahridagi ommaviy  tartibsizliklarni sodir etganlikda ayblangan shaxslardan biri Po‘lat Shamshetov tergov hibsxonasida yurak xurujidan vafot etgani holati Mustaqil komissiya a’zolari tomonidan o‘rganiladi.

Komissiya a’zolari joriy yilning 6 fevral kuni Buxoro viloyatiga tashrif buyurib, o‘lim holati sabablarini, jumladan hibsxonadagi sharoitlar, kamera yozuvlari, dastlabki tibbiy xulosa va boshqa tegishli hujjatlarni o‘rganib, marhum bilan bitta kamerada bo‘lgan  shaxslar va tergov hibsxonasi xodimlari bilan suhbat o‘tkaziladi.

O‘rganish natijalari haqida jamoatchilik xabardor qilinadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining sobiq bo‘lim boshlig‘i, marhum Po‘lat Shamshetov odamlarni ommaviy tartibsizliklarga chaqirgani va o‘zi ham namoyishlarda faol ishtirok etgani uchun 6 yilga ozodlikdan mahrum qilingan edi.


Dovud ABIBULLAEV,

O‘zA muxbiri