2023 yilning 31 yanvar kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus tumani “Okterak” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan 2 qavatli uyda gaz-havo aralashmasining chaqnashi sodir bo‘ldi.

Hodisa joyiga zudlik bilan tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi yong‘in-qutqaruv ekipajlari yetib borgan. Chaqnash oqibatida 4 nafar fuqaro turli darajada tan jarohati olib Nukus tumani tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

Voqea joyiga Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Ichki ishlar,  Sog‘liqni saqlash vazirliklari, prokuratura hamda “Hududgazta’minoti” xodimlari chiqishgan. Hozirda chaqnashning sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda.

Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergov oldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Dovud ABIBULLAEV,  

O‘zA muxbiri