Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati matbuot xizmatining yozishicha, poytaxtimizning Mirobod tumanidagi «Movarounnahr» mahallasi aholisiga o‘zlarini SES xodimi deya tanishtirib, turli hasharotlarga qarshi dorilarni pullayotgan shaxslar paydo bo‘lgani aytilmoqda va ular firibgarlik yo‘li bilan kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan dorilarni sotmoqda.

“Soxta SES xodimlari» Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati Toshkent shahar boshqarmasi, Toshkent shahar Dezinfeksiya stansiyasi va tuman hududiy bo‘limlarida faoliyat yuritmasligini ma’lum qilamiz”, deyiladi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati matbuot xizmati xabarida.

Bu kabi holatga duch kelsangiz, avvalo zararsizlantiruvchi vosita sotayotgan fuqarolardan xizmat guvohnomasi, qaysi tashkilot yoki boshqarmada faoliyat yuritishi, zararsizlantiruvchi vosita sotishi va sotib olishingizga asos so‘rashga haqli ekanligingiz eslatib o‘tiladi.

Shuningdek, fuqarolardan yuqoridagi vaj asosida biror shaxs murojaat qilsa, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining 78 8880101 (050) Ishonch telefoni, Toshkent shahar boshqarmasining 71 248-12-43 telefon raqami yoki Toshkent shahar IIB va hududiy bo‘limlariga zudlik bilan xabar berishingiz so‘raladi.

O‘zA