Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahri, “Temir yo‘l” mahalla fuqarolar yig‘ini 22-kichik tumanida joylashgan 8/1-sonli 4 qavatli turar joy binosida 2023 yil 29 yanvar kuni soat 16.00 larda xonadonlarning birida sizib chiqqan tabiiy gaz chaqnashi oqibatida portlash sodir bo‘ldi.

Natijada ko‘p qavatli turar-joydagi ayrim xonadonlarga zarar yetgan.

Mazkur holat yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 259-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hozirda aybdorlarni aniqlash, ularni jinoiy javobgarlikka tortish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

 

Dovud Abibullayev, O‘zA