Kecha, yakshanba kuni Istanbul aeroportiga boradigan yangi metro liniyasi ishga tushirildi. Bu Yevropadagi eng tezyurar metro, deb topilib, poyezdlar soatiga 90-120 kilometr soat tezlikda harakatlanadi. Bu haqda “Anadolu” agentligiga intervyu bergan Turkiya Transport vaziri Odil Karaismoiloʻgʻli maʼlum qildi.
Yangi metro liniyasi 34 kilometr boʻlib, Kayitxona bekatidan yoʻlga chiqqan poyezd 24 daqiqada aeroportga yetib keladi.
Yangi liniya ochilishi marosimida qatnashgan mamlakat Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan “mazkur loyihaning ishga tushirilishi Turkiyaning butun dunyoga metro qurilishi ishida qudrati va imkoniyatini koʻrsatdi”, deb bayonot berdi.
Kelajakda mazkur metro liniyasi Istanbulning Osiyo qismi bilan ham bogʻlash rejasi borligi maʼlum qilindi. Oʻshanda mazkur metro liniyasi uzunligi 69 kilometrga yetib, kuniga 800 ming yoʻlovchiga xizmat koʻrsatishi rejalashtirilgan.
Yangi Istanbul aeroporti 2019-yilda ishga tushirilgan. Aeroport qurilishi 2025-yilda toʻla bitirilishi moʻljallangan boʻlib, yiliga 150 million yoʻlovchiga xizmat koʻrsatishi kutilmoqda.
OʻzA