“CARE”, “Save the Children” va “Xalqaro qutqaruv qo‘mitasi” kabi nohukumat tashkilotlar ularning ayol xodimlari o‘z faoliyatini bemalol davom ettirishi mumkinligi to‘g‘risida “Tolibon”dan kafolat olganini ma’lum qildi. Bu haqda “Euronews” xabar qildi.
Kecha Iqtisodiyot vazirligi vakili Abdul Raxmon Xabib Afg‘oniston jamiyati shuncha urinishiga qaramay, tibbiyot sohasini unda ishlaydigan ayollarsiz uddalay olmasligini ma’lum qilgan. Chunki, ular boshqa ayollar va to‘yib ovqatlanmaydigan bolalarga g‘amho‘rlik qiladi.
BMT ma’lumotlariga ko‘ra, Afg‘onistonning 38 million aholisining qariyb yarmi ochlikdan nobud bo‘lmoqda. Ulardan uch milioni-bolalardir.
G. Abdullayeva tayyorladi, O‘zA