Fransiya parlamenti quyi palatasi oiladagi zo‘ravonlikdan jabr ko‘rganlarga universal moliyaviy yordam tashkil etishni ko‘zda tutuvchi qonun loyihasini bir ovozdan ma’qulladi, deb xabar berdi “Politico”.
Ushbu chora jabrdiydalarga imkon qadar tezroq boshpana topishda yordam berish uchun qabul qilinmoqda. Parlament a’zolari mazkur qonun loyihasini kuzda ko‘rib chiqib, quvvatlagan, endi Milliy assambleya hukumat tomonidan kiritilgan tuzatishni ma’qulladi. Ahamiyatlisi, yordam foizsiz kredit sifatida emas, balki xayriya ko‘rinishida rasmiylashtiriladi. Ya’ni, olingan pul qaytarilmaydi.
Jabr ko‘rgan kishining ehtiyojiga qarab, tartibga solingan yordam ko‘lami alohida belgilanadi. Qonun joriy yil tasdiqlanishi kutilyapti.
Fransiya IIV ma’lumotiga ko‘ra, 2021 yil mamlakatda 208 mingga yaqin oilada zo‘ravonlik ro‘yxatga olingan, jabrlanganlarning aksariyati ayollar.