Sinxua agentligi axborot berishicha, o‘tgan yil Xitoy va Rossiya o‘rtasidagi savdo OTB aylanmasi 29.3 foizga oshgan. Bu 190.27 milliard dollarni tashkil etadi.
Jumladan, Xitoy tovarlarining Rossiyaga eksporti hajmi 12.8 foizga – 76.12 milliard dollarga oshgan. Rossiya tovarlarining Xitoyga import hajmi esa 43.4 foizga ortib, qariyb 114.15 milliard dollarga yetgan.
Statistikalar Xitoy Xalq Respublikasi bojxona bosh boshqarmasi rasmiy veb-saytida e’lon qilingan ma’lumotlarga asoslanib, taqdim etilgan.
O‘zA