Amerika Qo‘shma Shtatlari 12 iyundan boshlab mamlakatga havo yo‘li orqali kirib keluvchi yo‘lovchilar uchun majburiy koronavirus testini bekor qiladi.

«Associated Press» agentligi ma’lumotiga ko‘ra, Jozef Bayden ma’muriyati xalqaro sayohatchilar AQSHga parvoz qilishdan bir kun oldin COVID-19 uchun PSR-testini o‘tkazish talabini bekor qildi.

“Ushbu qadam COVID-19 ga qarshi kurashda erishgan yutuqlarimiz tufayli amalga oshirildi”, dedi AQSH sog‘liqni saqlash vaziri Ksave Beserra.

Shu bilan birga, AQSH rasmiylari pandemiya holatini kuzatishda davom etishlarini va agar vaziyat o‘zgarsa, PSR sinovi zaruratini qayta ko‘rib chiqishlarini bildirdi.

O‘zA