Pekin Seul bilan xalqaro va mintaqaviy miqyosdagi munosabatni mustahkamlash uchun hamkorlikka tayyor, deyiladi “TASS” xabarida.
XXR raisi Koreya Respublikasining saylangan prezidenti Yun Sok Yol bilan telefon orqali muloqotda shunday degan: “Hozir xalqaro hamjamiyat qarshisida talay xavflar mavjud. Xitoy va Janubiy Koreya mintaqa tinchligi, farovonligi uchun mas’uldir”.
Si Szinpinning aytishicha, Xitoy Koreya bilan xalqaro va mintaqaviy miqyosda, shuningdek, BMT o‘rnini e’tirof etgan holda, jahondagi xalqaro huquq me’yorlari asosidagi tartib himoyasi uchun hamkorlik qilishga tayyor.