Qish oylarida aholi tomonidan o‘tin sifatida qayta tiklanishi qiyin bo‘lgan saksovulni kesish holatlari tez-tez uchrayotgani achinarli hol.
Joriy yil 13-18 yanvar kunlari tegishli organlar tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tumanida o‘tkazilgan reyd davomida saksovulni o‘tin sifatida ishlatish maqsadida kesib olib ketayotgan 15 fuqaro qo‘lga olindi. Ular jami 133 kubometr miqdordagi saksovulni avtotransport vositalarida olib ketayotgan edi.
– Ushbu shaxslarga jami 2 million 411 ming 360 so‘m jarima solindi, – deydi Bioxilmaxillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanishni nazorat qilish hududiy inspeksiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha tezkor guruhi bosh mutaxassisi F.Aytbayev.